10-mavzu: Butun olam tortishish qonuni. Tortishishning potenstial energiyasi. Koinot mexanikasining asosiy qonunlari va uning isbotlari. Kepler qonunlari. Yer yo’ldoshi va kosmik apparatlarning harakati. I,II, III - kosmik tezliklar.
Barcha fizikaviy jismlar o’zaro tortishish kuchlari ta’sirida bo’ladi. Tortishish kuchlarini belgilovchi asosiy qonun Nyutonning tortishish qonunidir. Tortishish qonuni quyidagicha ta’riflanadi: massalari m1 va m2 ga teng bo’lgan va bir-birlaridan R masofada turgan 2 ta jism orasida bir jismdan ikkinchisiga yo’nalgan F12 va F21 o’zaro tortishish kuchlari mavjud bo’lib, totishish kuchining kattaligi har ikkala jism massalarining ko’paytmasiga to’g’ri mutanosib va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari mutanosibdir.
Nazariy qism
Nuqta deb hisoblash mumkin bo’lmagan ikkita jism orasidagi o’zaro tortishish kuchini esa quyidagicha hisoblanadi. Butun jismni nuqta deyish mumkin bo’lgan bo’laklarga bo’linadi va ikkinchi jismdan bitta nuqta tanlab olinib, unga birinchi jism barcha zarralari tomonidan tortishish kuchining umumiy tashkil etuvchisi topiladi. So’ng shu amal ikkinchi jismning barcha qolgan zarralari uchun bajariladi va yig’iladi; shu yig’indi birinchi jismning ikkinchi jismga ta’sir kuchidan iborat.
Uchinchi qonunga ko’ra bir jinsli moddadan yasalgan sharlar uchun o’tkazilgan hisoblashlarning ko’rsatishiga, natijaviy tortishish kuchi har bir sharning markaziga qo’yilgan bo’lib, quyidagicha teng:
(2) m1 va m2- sharlar massalari,
R- sharlar markazlari orasidagi masofa.
Yuklab olish materiallari
Maruza fayli
PDF hujjatBog'liq mavzular
Tez orada qo'shiladi