11-mavzu: Moddaning agregat holatlari. Suyuqlikning stastionar oqishi. Ideal suyuklik zarrasi uchun dinamikaning asosiy qonuni. Suyuqliklar oqimida energiyaning saqlanish qonuni. Bernulli tenglamasi.
Moddaning agregat holatlari. Suyuqlikning stastionar oqishi. Ideal suyuklik zarrasi uchun dinamikaning asosiy qonuni. Suyuqliklar oqimida energiyaning saqlanish qonuni. Bernulli tenglamasi. Suyuqlik yoki gaz oqimining jismga ta’siri. Reynolds soni. Torrichelli formulasi. Magnus effekti. Ko’tarish kuchi. Gazning holati bosim (P), hajm (V) va harorat (T) bilan belgilanadi va u joylashgan idishning butun xajmini egallaydi.Suyuqlik esa idish xajmidagi muayyan xajmni egalladi. Bosim deb sirtning birlik yuzaga tik ravishda ta’sir qiluvchi kuchga teng bo’lgan kattalikka aytiladi.
Nazariy qism
Suyuqlik va gazlarda berilgan bosim hamma yo’nalishlarda uzatilishi shu suyuqlik va gazlar zarralarining erkin harakatlanishidan kelib chiqadi.Bu xususiyatdan Paskal qonuni kelib chiqadi: suyuqlik va gazga ta’sir etayotgan tashqi bosim suyuqlik yoki gazning har bir nuqtasiga o’zgarishsiz uzatiladi. Suyuqlikning bosimi asosan gidromexank (suyuqlikning biror nuqtasidan), gidrostatik (tinch holatdagi suyuqlikka oid) va gidrodinamik (harakatdagi suyuqlikka oid)bosimlarga bo’linadi.Dinamik bosim-harakatdagi suyuqlik zarralarining xajm birligidagi kinetik energiyasini ifodalovchi kattalikdir. Biror idish icidagi va uning atrofidagi muhit bosimi birgalikda mutloq bosim deb ataladi.
Suyuqliklarning harakat va muvozanat tenglamasi
Suyuqlik va gazlarning harakatini o’rganish uchun dastlab ularni yopishmaydigan va siqilmaydigan (sust suyuqlik) sifatida qarab chiqamiz. Umuman suyuqliklarga ta’sir etuvchi kuchlarni hajmiy kuchlarga va sirt kuchlariga ajratish mumkin. hajmiy kuchlar massa dm ga va u bilan bog’liq bo’lgan kuchga mutanosibdir.Bu kuchni fdv deb belgilasak, f
ni hajmiy kuchlarning zichligi deyilish mumkin. Hajmiy kuchga og’irlik inergiya kuchlari misol bo’la oladi. Masalan og'irlik kuchining hajmiy zichligi f=ρg
(ρ- suyuqlik zichligi) Sirt kuchlari esa suyuqlikning har bir kichik hajmiga uni o’rab turgan suyuqlik bo’laklari tamonidan ta’sir etuvchi tik va urinma tarzida yo’nalgan kuchlardan iborat. Tinch turgan suyuqlik uchun kuchlarni e’tiborga olmay, faqat tik yo’nalgan bosim kuchlaridan iborat holni ko’rib chiqamiz. Kichik hajm bo’lakchasi dv uchun uzunligi dx va ko’ndalang kesim yuzasi ds slindrni olaylik.
Yuklab olish materiallari
Maruza fayli
PDF hujjatBog'liq mavzular
Tez orada qo'shiladi