Ixtiyoriy tizimni olsak, ular zarrachalardan o’zaro bog’liq bo’ladi. Berilgan ta’sirotlar biridan boshqasiga o’tib turadi. Bunday tizimlarga elastik tizimlar deyiladi. To’lqin jarayoni- bu tebranishlarni tarkalish jarayonidir. Tebranishlarni tarqalish yo’nalishi nur nomini olgan. Agar zarrachalar nur yo’nalishi bo’ylab tebransa to’lqin bo’ylama, perpendikulyar tebransa ko’ndalang to’lqinlar deyiladi.
Ko’ndalang elastik to’lqinlar siljish deformatsiyasi natijasida elastik kuchlar hosil bo’luvchi muxitda ya’ni qattiq jismlarda vujudga keladi.
Bir to’liq davr mobaynida to’lqin tarqalgan masofa to’lqin uzunligi deyiladi.