15-mavzu: Akustika elementlari. Tovush parametrlari: kuchi, balandligi, tembri. Tovush bosimi. Tovush intensivligi. Tovush kuchi (qattiqligi). Dopler effekti. Ultratovush va uni hosil qilish usullari. Ultratovushning qo’llanilishi.
Tovush deganda elastik muxit zarralari tebranishlarining muxit bo’ylab to’lqin sifatida tarqalishi tushiniladi. Kishi qulog’i odatda 16 dan 20000 gs gacha chastotadagi to’lqinlarni sezadi. Shuning uchun chastotalari mazkur oraliqdagi to’lqinlar tovush to’lqinlari deb ataladi. 16 gs dan kichik bo’lgan chastotali to’lqinlar infratovushlar,20000 gs dan katta chastotali to’lqinlar esa ultratovushlar deyiladi. Chastotalari10 gs dan 10 gs gacha bo’lgan to’lqinlar gipyertovushlar deb ataladi.
Nazariy qism
Fizikaning tovush xossalarini hamda ularning boshqa fizik hodisalar bilan alokasini o’rganadigan soxasi akustika deyiladi.Tovush to’lqinlarining fizik tabiati bir xil bo’lsa-da, chastotasiga qarab ular o’ziga xos xususiyatga ega.Masalan, yuqori chastotalarda to’lqin uzunligi shunchalik qisqa bo’ladiki, u bazi murakkab molekulalar o’lchamlariga yaqin bo’lib qoladi. Shu sababli bunday to’lqinlar o’zi tarqalayotgan modda bilan juda kuchli tasirlashadi.
Tajribada akustik tizimlarning rezonans xossalarini ham kuzatish mumkin.Misol tariqasida kamyerton tebranishlarini ko’raylik.Qo’lda tutib turilgan kamyerton tebratilsa,arang eshitiladigan tovush hosil bo’ladi,chunki bunda kamyertonning tebranayotgan oyoqchalari yuzasi kichik bo’lib,tovushning Muxitga uzatilishi kuchsiz bo’ladi.
Kamerton boshqa chastotaga mo’ljallangan quticha ustiga o’rnatilganda esa tovush sezilarli darajada kuchaymaydi,chunki bunda rezonans ro’y bermaydi.
Havoda boshqa gazlarda bo’lganidek, faqat bo’ylama to’lqinlar tarqalishi mumkin. Shu sababli,havodagi tovush to’lqini novbatlashib keladigan siqilish va siyraklanishlardan iborat bo’ladi. Siqilganda havoning bosimi, shu bilan birga elastikligi ham ortadi, siyraklashganda esa uning elastikligi kamayadi. Shu bilan birga,havo qiziydi yoki soviydi.Biroq temperaturaning to’lqin tufayli o’zgarishi sezilarli bo’lmaydi.
Tovushning havodagi tezligi uchun
ifoda o’rinlidir.Bu ifoda Laplas formulasi deyiladi.Mazkur formulada bosim qatnashsa ham, tovush tezligi bosimga bog’liq bo’lmaydi:bosim ortganda havoning zichligi ham ortadi,yani P/ nisbat o’zgarmaydi. Quruq havo uchun
=1,4 ekanligini hisovga olsak, 0
C tempiraturada tovush tezligi uchun Laplas formulasi u=332 m/sek qiymatini beradi. Bu esa tajriba natijalariga juda ham yaxshi mos keladi. (1) formula Mendeleev- Klaypyeron tenglamasidan foydalansak, tovush tezligi uchun
Yuklab olish materiallari
Maruza fayli
PDF hujjatBog'liq mavzular
Tez orada qo'shiladi