3-mavzu: Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati va ularning harakat tenglamalari
3-mavzu: Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati va ularning harakat tenglamalari mavzusiga doir masalalar
3-mavzu: Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati masalalari
1-masala: Vertolyotdan yuk tashlash
H balandlikda vâ‚€ tezlik bilan gorizontal uchayotgan vertolyotdan Yerga yuk tashlandi. U necha sekundda yerga tushadi?
2-masala: Tosh tezligining yo'nalishi
Tosh gorizontal yo'nalishda otilgan. t vaqtdan keyin tezlik vektori yer sirti bilan α burchak hosil qilgan bo'lsa, toshning boshlang'ich tezligi qanday?
3-masala: Uchish uzunligi
H balandlikdan vâ‚€ tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligini toping.
4-masala: Yerga urilish tezligi
Jism H balandlikdan vâ‚€ tezlik bilan gorizontal otildi. Uning yerga urilish paytidagi tezligi qanday?
5-masala: Qiya otilgan jism uchish vaqti
Tosh gorizontga α burchak ostida v₀ tezlik bilan otildi. U yerga necha sekunddan so'ng qaytib tushadi?
6-masala: Tezlik vektori burchagi
Gorizontga α burchak ostida v₀ tezlik bilan otilgan jismning tezlik vektori qancha vaqtdan so'ng gorizont bilan β burchak hosil qiladi?
7-masala: Maksimal balandlik
Koptok v₀ tezlik bilan gorizontga α qiyalatib otildi. U qanday balandlikkacha ko'tariladi?
8-masala: Uchish uzunligi (qiya otish)
Gorizontga α burchak ostida v₀ tezlik bilan otilgan tosh qanday uzoqlikka borib tushadi?