Ma'ruza Oson

3-mavzu: Kuch. Kuchlarni o’lchash. Kuchlarni qo’shish. Nuqtaga ta’sir etuvchi kuchlarning muvozanat sharti.

Dinamika (grekcha gynamis so’zidan olingan bo’lib, kuch degan ma’noni bildiradi) – mehanikaning jismlar harakati ularning boshqa jismlar bilan o’zaro ta’sirlashuvi bilan bog’liq ravishda o’rganiladigan bo’limidir.

60 daqiqa
1 material
masala
laboratoriya

Nazariy qism

Dinamika jism qanday sharoitlarda shunday harakatlanadi, boshqacha emasligini, jism qachon tekis va qachon to’g’ri chiziqli va qachon egri chiziqli harakatlanishini tushuntiradi.

Dinamikaning asosi bo’lib, ingliz fizigi Isaak Nyutonning 1687 – yilda nashr qilingan «Natural filosofiyaning matematik asoslari» nomli asarida ifodalab berilgan jismlarningharakat qonunlari hisoblanadi. Bu asarda asosiy tushunchalar (massa, kuch, harakat miqdori, tezlanish) mehanikaning uchta qonuni, butun olam tortishish qonuni o’z aksini topgan.

I. Nyuton mehanika sohasida o’zining o’tmishdoshlarining ishlarini o’rganib va tegishli tadqiqotlar o’tkazibmexanikaning asosiy tushunchalari (massa, kuch, impuls, va hokazo)ni kiritdi va ular yordamida Nyuton qonunlari deb nom olgan uchta qonunni ifodalab berdi.

Siz dinamika asoslarini o’rgana turib, uning asosiy tushhunchalari va qonunlarini egallashingiz, masalalar yechishga o’rganishingiz va eng muhimi dinamika qonunlarini texnikada qo’llanilishini bilishingiz kerak. Bu kelgusida siz turmushda va ishlab chiqarishda ish ko’radigan mashinalar mexanizmlarning tuzilishi va ishlashini tushunishingizga yordam beradi.

Bizni o’rab olgan olamda hamma narsalar uzluksiz harakatda va o’zgarishda bo’ladi. Biroq jism harakatlanib bir-biribilan uchrashadi va o’zaro ta’sirlashadi.

O’zaro ta’sirlashish natijasida jismlarning harakati o’zgarishi mumkin. Masalan, to’g’ri chiziq bo’ylab tekis harakatlanayotgan po’lat shar magnit bilan o’zaro ta’sirlashganda egri chiziqli traektoriya bo’ylab harakatlana boshlaydi. Sportchi suvga sakrayotib, oldin havoda tezlanuvchan harakalanadi, suvga tushgandan keyin esa u bilan o’zaro ta’sirlashib tekis harakatlanadi.

Harakat qonunlarini chuqur tushunish uchun jismlarni bir-birlari bilan o’zaro ta’sirlashuvini o’rganish kerak, o’zaro ta’sirlashish ham harakat kabi materiyaning ajralmas xossasidir.

O’zaro ta’sir – murakkab hodisadir. Biz avval kundalik hayotimizda uchraydigan eng soda o’zaro ta’sir hodisalarini qarab chiqamiz, bunda ularning eng oddiy tomonlarini tekshirib chiqamiz, so’ngra esa bilimlarimiz to’planishi bilan murakkabroq o’zaro ta’sirlarni o’rganishga o’tamiz.

Kuch. Jismlarning o’zaro ta’siri turli xil bo’lishi mumkin. Masalan, aynan bir xil prujinani yosh bola katta yoshdagi odamga qaragarda kam cho’zadi.

Fizikada jismlarning o’zaro ta’sirini xarakterlash uchun muhim kattalik – kuch kiritilgan. Kuch tushunchasi dastlab odamning muskul zo’riqishini tavsiflash uchun ishlatilgan. O’ldirilgan hayvonning nimtalangan go’shtini ko’tarish, suvdan baliqni tortib olish, toshni qo’zg’atish yoki olib tashlash uchun odam o’z muskullarini turlicha zo’riqtirishga to’g’ri kelgan. Shunday qilib, kundalik tajribadan odamda uning tanasini o’rab olgan narsalar bilan o’zaro ta’sirlashish o’lchovi haqida, birinchi kuch haqidagi dastlabki tasavvur hosil bo’lgan.

Keyinroq kuch tushunchasi fanga o’tdi. Undan jismlarning o’zaro ta’sirini xarakterlash uchun foydalaniladi.

Jismlar o’zaro ta’sirlashganda harakatlanish tezligi o’zgarishi mumkin, shu sababli kuch va jismningo’zaro ta’siri natijasida olgan tezlanish yo’nalishi bilan mos keluvchi yo’nalish beriladi. Kuch ta’sir qilayotgan to’g’ri chiziqni kuchning ta’sir chizig’i deb ataladi.

Yuklab olish materiallari
Maruza fayli
PDF hujjat
Bog'liq mavzular

Tez orada qo'shiladi