Ma'ruza Oson

4-mavzu: Nyutonning I - qonuni. Massa. Nyutonning II-qonunining umumiy kurinishi. Inersial sanoq sistemalari. Nyutonning III- qonuni va uning tadbiqi. Jismlarning erkin tushishi. Og’irlik. Vaznsizlik. O’ta yuklanish.

Jismlarning inertligi. Jismlarning inertligi nima? Bu savolga javob berishdan avval jismlar harakatga kelishidagi holatini ko’rib chiqsak: masalan, sizlarning ko’pchiligingiz oynai jahonda (yoki kinoda) kosmik kemalarning uchirilishini ko’rgansiz. Ehyimol, e’tibor qilgan bo’lsangiz, eltuvchi – raketaning tezligi ham keskin siltov bilan emas, balki asta-sekin ortishini kuzatgansiz.

60 daqiqa
1 material
masala
laboratoriya

Nazariy qism

Tepalikdan tushayotgan chana (yoki chang’ichi) ning tezligi ham sekin ortadi. Xuddi shuningdek, tormozlanganda jism tezligi ham sekin-asta o’zgaradi: avtomobil chorrahada, poyezd svetofor oldida, sportchi marraga yetganda bir onda to’xtay olmaydi. Yuqorida tavsiflangan kuzatishlar, shuningdek hayotdan ma’lum bo’ladiki, hamma jismlarda umumiy xossa bor: o’zaro ta’sir jarayonida jismlarning harakatlanish tezligi sekin-asta o’zgaradi va uning o’zgarishi uchun biror vaqt talab qilinadi. Jismlarning bu xossasi inertlik deyiladi. Jismga ta’sir etuvchi kuch bo’lmaganda uning tinchlikdagi yoki harakatdagi o’z holatini saqlash xossasi inertlik deyiladi. Jismga kuch ta’sir qilganda, shu jism inertligining katta yoki kichikligi namoyon bo’ladi. Gantelni shtangaga nisbatan ko’tarish, ya’ni harakatga keltirish oson. Chunki gantelning inertligi shtanganikiga nisbatan kichik. O’yinchoq mashinani qo’limiz bilan itarib yuborsak, u harakatlanadi. Lekin rosmana mashinani itarib yurgizish qiyin.chunki rostmana mashinaning inertligi kattadir. Poyezdning inertligi har qanday mashina inertligidan katta. Shuning uchun poyezdni joyidan qo’zg’atib tezligini oshirish va aksincha, u harakatda bo’lsa, tezligini o’zgartirish qiyin. Katta tezlikda ketayotgan poyezdning to’xtashi uchun katta kuch va vaqt kerak bo’ladi.

Jism inertligi qancha katta bo’lsa, uning tinch holatini yoki harakatdagi holatini o’zgartirish shuncha qiyin bo’ladi.                                                              Massa. Barcha jismlar inertlik xossasiga egadir. Yuqoridagi misollardan ko’rinadiki, jismlarning inertligi turlicha miqdorda bo’ladi. Jismlarning inertligini taqqoslash uchun maxsus kattalik qabul qilingan.

Jismlarning inertligini xarakterlash uchun maxsus kattalik – massa kiritilgan, uni m harfi bilan belgilash qabul qilingan. Massa so’zi lotincha bo’laj, parcha degan ma’noni bildiradi.

Temperaturasi 150C bo’lgan 1 dm3 (1 litr) hajmdagi sof (distillangan) suvning massasi 1 kg ga teng.

Kilogrammning etaloni qilib platina va iridiy metallari qotishmasidan silindr shaklida tayyorlangan 1 kg massali jism qabul qilingan. Uning asl nusxasi Parij yaqinidagi Sevr shaxarchasida Xalqaro o’lchovlar byurosida saqlanadi.

Inersial sanoq sistemalari – agar jismga tashqi kuchlar ta’sir etmayotgan yoki tashqi kuchlar bir-birini kompensasiyalagan bo’lsa, bunday sanoq sistemalariga inersial sanoq sistemalari deyiladi.

Masalan, bir-biriga nisbatan tinch turgan jismlar yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan jismlarni bir xil  inersial sanoq sistemalarida harakatlanmoqda deyish mumkin.

Inersial sanoq sistemalarida harakat qilayotgan jismlar harakati, juda oddiy va bir-biriga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat qiladi. Barcha inersial sanoq sistemalarida harakat qonunlari bir xil bo’ladi.

Jismlar harakat qonunlarini birinchi bo’lib 1686 – yilda Isaak Nyuton ifodalab berdi va shuning uchun uchun uning nomi bilan Nyuton qonunlari deb ataladi. Bu qonunlarni Nyuton to’laligicha o’zi kashf etmagan. Gap shundaki, Nyutongacha yashagan juda ko’p olimlar olimlar harakatni o’rganish bilan shug’ullanishgan. Asosan Italiya olimi Galileo Galiley bu sohada juda ko’p ishlar qildi. Nyuton o’zining o’tmishdoshlarining ishlarini sinchiklab o’rganib chiqdi va ijodiy umumlashtirdi. Nyuton bu bilan harakat haqidagi ta’limotni faqat rivojlantiribgina qolmay, balki keyinchalik mexanik harakatning tasdiqlanib aniqlashtirilgan tugal nazariyasini yaratdi.

Yuklab olish materiallari
Maruza fayli
PDF hujjat
Bog'liq mavzular

Tez orada qo'shiladi