Ma'ruza Oson

5-mavzu: Jismning erkin bo’lmagan harakati. Impuls. Kuch va jism impulsi. Impuls saqlanish qonuni.

O’zgaruvchan massali jism harakati. Meshcherskiy tenglamasini keltirib chiqarish. Kuchning ishi. F.I.K. Mexanik energiya. Kinetik energiya. Jismning to’lik energiyasi. Energiyaning saqlanish qonuni. Yerning tortish maydonida jismning potenstial energiyasi.

60 daqiqa
1 material
masala
laboratoriya

Nazariy qism

Agar tekshirilayotgan mexanik tizim bir qancha jismlar tizimidan iborat bo’lsa, va bu jismlarni o’lchamlari tizim o’lchamiga nisbatan hisobga olmaslik darajasida bo’lsa bunday mexanik tizimga moddiy nuqtalar tizimi deb qaraladi.

         Qandaydir jismlar harakatni juda katta aniqlikda xarakterlash uchun unga ta’sir etayotgan barcha kuchlarni (tashqi atrof jismlar tomonidan) hisobga olish kerak. Bunday kuchlar behisob ko’pdir. Shu sababli ham bu ish matematik jihatidan juda qiyin.

         Agar biz jismga ta’sir etuvchi kuchlarning barchasini ta’sir bir xil emasligini hisobga olsak masala ancha osonlashadi. Masalan: yer atrofida harakatlanuvchi yo’ldosh orbitasi radiusi r = 8000 km yo’ldoshga Quyosh tomonidan ta’sir kuchi yer tomonidan qo’yiluvchi tortishish kuchiga nisbatan minglab marta kam, Oy tomonidan ko’rsatiladigan ta’sir kuchi 200 marta kam, boshqa planetalarniki yanada kam.

Demak, bu hisob ko’rsatadiki, yo’ldosh harakati o’rganilayotganda yer – yo’ldosh orasidagi kuchdan boshqakuchlar ta’sirini hisobga olmaslik mumkin. Asosan harakat xarakteriyer - yo’ldosh o’zaro ta’sir orqali xarakterlanishi mumkin. Qolgan barcha kuchlar bu tizimga nisbatan tashqi hisoblanadi va ularni tuzatmatariqasida hisobga olish mumkin.

Olingan tizim tarkibiga kiruvchi jismlar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari ichki kuchlar, tizimining yoki uning ba’zi qismlari tashqi jismlar bilan o’zaro ta’sir kuchlari tashqi ta’sir kuchlari deb qabul qilinadi.

Agar tashqi kuchlar ta’siri ichki kuchlarga nisbatan hisobga olmaslik darajasida bo’lsa biz qarayotgan sistema yopiq (izolyasiyalangan) sistema bo’ladi.

Yuqorida ko’rgan misolimizdayer – yo’ldosh tizimini yopiq tizim deyish mumkin. Juda katta aniqlikda biz Quyosh tizimini yopiq tizim deb qaray olamiz. Chunki yer va boshqa planetalar bilan quyosh orasidagi o’zaro ta’sirlashuv kuchlari (bu misoldaichki kuchlar), quyosh tizimidagi yer va planetalarga eng yaqin yulduzlar tomonidan byerilayotgan kuchlar (tashqi kuchlar) 80 mlrd matra kamdir.

Yuklab olish materiallari
Maruza fayli
PDF hujjat
Bog'liq mavzular

Tez orada qo'shiladi