Nyuton mexanikasining qonunlari inertsial sanoq tizimlari uchun o’rinli bo’ladi. Bu qonunlar noinertsial tizimlarda ham bajaraladimi degan savolga javob izlaymiz. Inertsial sanoq tizimiga nisbatan tezlanish bilan harakatlanuvchi sanoq tizimi noinertsial sanoq tizimi deyiladi. Sanoq tizimi muayyan qattiq jism bilan bog’langan bo’ladi. Qattiq jismning tezlanishli harakati uning ilgarilanma va aylanma harakatlaridagi tezlanishlarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun to’g’ri chiziq bo’ylab tezlanish bilan harakat qilayotgan hamda aylanma harakat qilayotgan tizimlarni eng oddiy noinertsial tizimlar deyish mumkin.
Inertsial sanoq tizimlarida jismning tezlanish bilan harakatiga birdan-bir sabab - boshqa jismlarning mazkur jismga kuch bilan ta’siridir. Noinertsial sanoq tizimlarida esa tizimning harakat holatini o’zgartirish bilan ham jismga tezlanish berish mumkin.
Dinamika tenglamalarini inertsial sanoq tizimiga nisbatan tezlanish bilan ilgarilanma harakat qilayotgan sanoq tizimiga qo’llash imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz.
Inertsial sanoq tizimidagi tezlanishni W deylik, jismni noinertsial sanoq tizimidagi tezlanishi W bo’lsin.