G’ildirakning inertsiya momentini aniqlash

G’ildirakning inertsiya momentini aniqlashga oid masalalar

3-mavzu: Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati masalalari

1-masala: Vertolyotdan yuk tashlash

H balandlikda v₀ tezlik bilan gorizontal uchayotgan vertolyotdan Yerga yuk tashlandi. U necha sekundda yerga tushadi?

2-masala: Tosh tezligining yo'nalishi

Tosh gorizontal yo'nalishda otilgan. t vaqtdan keyin tezlik vektori yer sirti bilan α burchak hosil qilgan bo'lsa, toshning boshlang'ich tezligi qanday?

3-masala: Uchish uzunligi

H balandlikdan v₀ tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligini toping.

4-masala: Yerga urilish tezligi

Jism H balandlikdan v₀ tezlik bilan gorizontal otildi. Uning yerga urilish paytidagi tezligi qanday?

5-masala: Qiya otilgan jism uchish vaqti

Tosh gorizontga α burchak ostida v₀ tezlik bilan otildi. U yerga necha sekunddan so'ng qaytib tushadi?

6-masala: Tezlik vektori burchagi

Gorizontga α burchak ostida v₀ tezlik bilan otilgan jismning tezlik vektori qancha vaqtdan so'ng gorizont bilan β burchak hosil qiladi?

7-masala: Maksimal balandlik

Koptok v₀ tezlik bilan gorizontga α qiyalatib otildi. U qanday balandlikkacha ko'tariladi?

8-masala: Uchish uzunligi (qiya otish)

Gorizontga α burchak ostida v₀ tezlik bilan otilgan tosh qanday uzoqlikka borib tushadi?