Ma'ruza Oson

1-mavzu: Kirish. Kinematika asoslari.

Bizni o’rab olgan olam juda xilma-хil va cheksizdir. U bizga qadar ham mavjud bo’lgan va bizdan keyin ham bizning хohishimiz yoki ongimizga bog’liqsiz holda mavjud bo’laveradi.

60 daqiqa
1 material
masala
laboratoriya

Nazariy qism

Kirish. Kinematika asoslari. Mexanik harakat. Fazo, vaqt, sanoq sistemalari haqida tushuncha. To’g’ri chiziqli harakat. To’g’ri chiziqli tekis harakat. To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat. Egri chiziqli harakat. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. Aylanma harakat.

Bizni o’rab olgan olam juda xilma-хil va cheksizdir. U bizga qadar ham mavjud bo’lgan va bizdan keyin ham bizning хohishimiz yoki ongimizga bog’liqsiz holda mavjud bo’laveradi.

     Biz olamni yoki unda bo’layotgan hodisalarni sezgi organlarimiz yordamida, o’z harakatimiz va olamga o’zimizning ta’sirimiz yordamida bilib boramiz.

     Materiya deganda biz,  bizga bog’liqsiz holda mavjud bo’lgan va biz  uni o’z sezgilarimiz va ta’sirimiz natijasida bilib oladigan olamni tushunamiz.

     Materiya mavjudligining asosiy sharti harakatdir. Harakatning manbai esa materiyaning o’zidadir.  Materiyasiz  harakat, harakatsiz esa materiyaning bo’lishi mumkin emas. Materiyada sodir bo’ladigan har bir o’zgarish yoki hodisani biz harakat deb tushinamiz.

     Biz tabiatdagi juda ko’p narsa va hodisalarni mavjudligini sezamiz, lekin bu narsa va hodisalarni mavjudligini bilishning o’zigina juda kamlik qiladi.

     Biz uchun bu narsa va hodisalar nima  uchun  mavjudligini, turli jismlar turli xususiyatga ega ekanligini va bu jismlarni qanday tuzilganligini bilish muhimdir. Chunki, bu narsalarni bilmasdan turib insoniyat yashayotgan jamiyatni rivojlantirish mumkin emas.

     Ana shu barcha savollarga javobni fizika, kimyo, biologiya, geologiya va boshqa tabiiy fanlar qidiradi.

     Tabiiy fanlar orasida fizika fani yetakchi mavqeini egallaydi.

     Fizikaning elementlari eramizdan avvalgi V-IV asrlardayoq paydo bo’lgan edi. Bu davrda richag qonunlari,  Arximed qonunlari, yorug’likning qaytishi va sinishi va boshqa qonunlar paydo bo’lgan hamda moddaning tuzilishi to’g’risida birinchi naturfilosofik fikrlar vujudga kelgan edi.

     Fizika fan sifatida XVII asrdan boshlab rivojlandi.

     Fizika fanining  rivojlanishida I davr G.Galileydan boshlanib XIX asrning birinchi o’n yilliklarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr fizikaviy bilimlarni to’plash va tartibga solish bilangina cheklanmasdan, balki tajribalarga boy bo’lgan davr ham hisoblanadi.  Bu davrda I.Nyuton, H.Gyuygens, B.Paskal, R.Boyl, E.Mariott, G.Leybnits, P.Laplas, I.Kepler, D.Bernulli, Sh.Kulon, B.Franklin, M.V.Lomonosov, G.Rixman va boshqalar tomonidan juda ko’p tadqiqotlar o’tkazildi. Lekin bu davrda hozirgi zamon fizikaviy tasavvurlarga zid bo’lgan noto’g’ri fizik tushunchalar: teplorod, elektr va magnit substantsiyasi ("moddasi"), elastik efir va boshqalar hukmron edi. Shu bilan birga hozir ham o’z mohiyatini yo’qotmagan materialistik tushunchalar ham bor edi. Masalan: M.V.Lomonosov tomonidan moddalarning molekulyar kinetik nazariyasi ishlab chiqildi va hokazo.    

     Fizika fani rivojlanishining II davri XIX asrning birinchi o’n yilliklaridan boshlab XIX asr oxirigacha davrni o’z ichiga oladi. Bu davr mobaynida fizikaga doir asosiy qonun va tushunchalar shakllandi. Masalan: energiyaning saqlanish qonuni, yorug’likning to’lqin nazariyasi, elektromagnit induktsiya hodisasi va hokazo. Bu davr mashhur fiziklar L.Galvani, A.Volta, V.V.Petrov, M.Faradey, Dj.Maksvell, G.Gerts, P.N.Lebedev, A.S.Popov va boshqalar nomi bilan bog’langandir.    

     XIX asr oxiriga kelib fizika o’zining yuksak rivojlanish darajasiga erishdi va go’yoki tugallangan fan  deb  hisoblandi. Biz bu  davrgacha bo’lgan fizika fanini klassik fizika deb aytamiz.

     Hozirgi zamon fizikasining rivojlanishi XIX asr oxiri XX asr boshlarida ro’y bergan buyuk kashfiyotlardan boshlandi. Bu kashfiyotlar qatoriga elektronning ochilishi, atomning murakkab tuzilishini o’rganish, radioaktivlik, elementlarning o’zaro almashinuvi kabilarni ko’rsatish mumkin. Bu kashfiyotlar klassik fizikani butun ildizi bilan  o’zgartirishni va o’rganishni talab etardi. Hozirgi zamon fizikasi nafaqat makroolamdagi balki mikroolamga ham tegishli bo’lgan harakat va hodisalarni chuqur o’rganish va uning sirlarini ochish bilan shug’ullanmoqda.    

     Fizikaning o’zi nima? Bu savolga  javob  berish  uchun  fizika  hal  qilishi zarur bo’lgan asosiy masalalarni va hozirgi vaqtda  rivojlanayotgan asosiy yo’nalishlarni ko’rib o’tish zarurdir.    

 

Yuklab olish materiallari
Maruza fayli
PDF hujjat
Bog'liq mavzular

Tez orada qo'shiladi