Egri chiziqli harakat. Yuqoriga tik otilgan jism harakati mavzusiga doir masalalar
Moddiy nuqta R radiusli aylana bo'ylab ν chastota bilan aylanmoqda. Chiziqli tezligini aniqlang.
Diskning aylanish davri T. Aylanish o'qidan R uzoqlikdagi nuqtaning tezligini aniqlang.
Radiusi R bo'lgan g'ildirak θ tezlik bilan g'ildiramoqda. Burchak tezligini aniqlang.
Egrilik radiusi R bo'lgan burilishda θ tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilning markazga intilma tezlanishini aniqlang.
Boshlang'ich burchak tezligi ω₀ va burchak tezlanishi ε bo'lgan jismning t vaqtdan keyingi chiziqli tezligini aniqlang.
Birinchi jism tik yuqoriga θ₀ tezlik bilan otildi. Δt vaqt o'tgach ikkinchi jism ketidan otildi. 2-jism qancha vaqtda 1-jism bilan to'qnashadi?
h balandlikdan boshlang'ich tezlik bilan vertikal pastga uloqtirilgan sharcha yer sirtiga t vaqtda tushgan. Boshlang'ich tezligini aniqlang.
Yuqoriga tik θ₀ tezlik bilan otilgan jism qanday balandlikda θ tezlikka ega bo'ladi?