Jismlarning erkin tushishi. Og‘irlik. Vaznsizlik. O‘ta yuklanish mavzusiga doir masalalar
Massasi m bo'lgan jism tik yuqoriga a tezlanish bilan ko'tarilayotgan bo'lsa, uning vazni (og'irligi) qanday bo'ladi?
a tezlanish bilan tushayotgan liftdagi m massali bolaning og'irligi (vazni) qanday?
Yengil avtomobil egrilik radiusi R bo'lgan qavariq ko'prikdan o'tmoqda. Ko'prik o'rtasida avtomobil tezligi necha bo'lganda, haydovchi vaznsizlikni sezadi?
Massasi m bo'lgan avtomobil egrilik radiusi R bo'lgan qavariq ko'prik ustida θ tezlik bilan harakatlanmoqda. Ko'prikning egrilik markazidan unga tamon o'tkazilgan chiziq vertikal bilan α burchak hosil qiluvchi nuqtada avtomobil ko'prikka qanday kuch bilan bosadi?
Massalari m₁ va m₂ bo'lgan toshlar bir-biriga ip bilan birlashtirilib, vaznsiz blokka osilgan. 1) Toshlarning harakat tezlanishi, 2) ipning taranglik kuchini toping.