Kuchning ishi. Mexanizmlarning F.I.K. mavzusiga doir masalalar
Massasi m bo'lgan yukni h balandlikka F o'zgarmas kuch bilan vertikal ko'tarishda A ish bajarilgan. Yuk qanday tezlanish bilan ko'tarilgan?
Yuqoriga ko'tarilayotgan samolyot h balandlikda v tezlikka erishadi. Ko'tarilishda og'irlik kuchiga qarshi bajarilgan ish tezlikni oshirishga sarf bo'lgan ishdan necha marta katta?
Harakatdagi m massali jismning tezligini v₁ dan v₂ gacha oshirish uchun qanday ish bajarish kerak?
Yukni uzunligi l bo'lgan qiya tekislikdan ko'tarishda bajariladigan ish topilsin. Yuk a tezlanish bilan harakatlanmoqda.
Nasos diametri d bo'lgan suyuqlik oqimini v tezlik bilan haydaydi. Suyuqlik haydash uchun kerak bo'ladigan quvvat topilsin.