Mexanik energiya. Jismning to‘liq mexanik energiyasi mavzusiga doir masalalar
Tosh gorizontga α burchak ostida yuqoriga otilgan. Boshlang'ich kinetik energiya E₀. Trayektoriya eng yuqori nuqtasida energiyalarni toping.
Tosh balandligi h bo'lgan minoradan v₀ tezlik bilan gorizontal otilgan. t vaqt o'tgach energiyalarni toping.
Atom yadrosi m₁ va m₂ massali bo'laklarga parchalanadi. Birinchi parchaning kinetik energiyasi Ek₁ ma'lum. Ikkinchisini toping.
Molekula ikkita atomga parchalanadi. Birinchi atom n marta og'irroq. Umumiy kinetik energiya E bo'lsa, har birining energiyasini toping.
v tezlik bilan uchayotgan m massali o'q M massali ballistik tebrangichga tegib sanchilib qoldi. Tebrangich qanday h balandlikka ko'tariladi?