G’ildirakning inertsiya momentini aniqlashga oid masalalar
H balandlikda v₀ tezlik bilan gorizontal uchayotgan vertolyotdan Yerga yuk tashlandi. U necha sekundda yerga tushadi?
Tosh gorizontal yo'nalishda otilgan. t vaqtdan keyin tezlik vektori yer sirti bilan α burchak hosil qilgan bo'lsa, toshning boshlang'ich tezligi qanday?
H balandlikdan v₀ tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligini toping.
Jism H balandlikdan v₀ tezlik bilan gorizontal otildi. Uning yerga urilish paytidagi tezligi qanday?
Tosh gorizontga α burchak ostida v₀ tezlik bilan otildi. U yerga necha sekunddan so'ng qaytib tushadi?
Gorizontga α burchak ostida v₀ tezlik bilan otilgan jismning tezlik vektori qancha vaqtdan so'ng gorizont bilan β burchak hosil qiladi?
Koptok v₀ tezlik bilan gorizontga α qiyalatib otildi. U qanday balandlikkacha ko'tariladi?
Gorizontga α burchak ostida v₀ tezlik bilan otilgan tosh qanday uzoqlikka borib tushadi?